JSST: «Omikron»ning XBB.1.5 subvarianti yangi belgilar bilan namoyon boʼlmoqda

Keyingi oylarda qator davlatlarda “omikron” shtammining XBB.1.5 subvarianti keng tarqalmoqda. U hozirgacha bizga maʼlum mutatsiyalar orasida eng yuquvchani sifatida baholanmoqda. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti ekspertlari xastalik hademay Yer yuzi boʼyicha dominant versiyaga aylanib, bemorlar soni keskin oshishi mumkinligidan xavotirda.
JSST mutaxassislari xulosasiga koʼra, “kraken” deb nomlangan XBB.1.5 subvariantining oʼtgan yildagiga nisbatan tabiati birmuncha oʼzgargan. Hozircha uni yuqtirganlar orasida ogʼir asoratlar kuzatilmayotgan boʼlsa-da, ammo bu mutatsiyaga xos yangi alomatlar paydo boʼlayotgani biroz xavotirli hol.
Qayd etilishicha, koʼngil aynishi va bel ogʼrigʼi shular sirasidan. Bu belgilar bosh ogʼrigʼi, diareya, isitma, titroq, charchoq, shuningdek, taʼm va hid bilish qobiliyati yoʼqolishi kabi simptomlar bilan birga kechmoqda.






