«Jurnalning yangi soni foydali ma'lumotlarga boy bo'libdi» - Otabek Umarov

Otabek Umarov Bright Uzbekistan jurnalining yangi sonini varaqlab, O'zbekiston va Turkiya Respublikalarining qardoshlik munosabatlarini yaqqol ko'rsatib bera olgan jurnal bo'lganligini ta'kidladi.

Joriy yilning 27- mart kuni, Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse prezidenti, Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Otabek Umarov Bright Uzbekistan xalqaro loyihasining asoschisi Davron Abdullaevni qabul qildi.

Ta'kidlash joizki, Bright Uzbekistan loyihasinig har bir soni nafaqat bir davlat balki O'zbekistonning umumjahon maydonida tutayotgan o'rni, erishayotgan yutuqlari va yetakchi mamlakatlar bilan hamkorligini ko'rsatib boradi.

Uchrashuv davomida Otabek Umarovga jurnalning yangi soni taqdim etildi va loyihaning kelgusi rejalari haqida ma'lumot berildi.

P.S. Yangi nashrimiz dunyo yuzini koʼrishiga sabab boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezident Аdministratsiyasi, Tashqi Ishlar Vazirligi va Oʼzbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Аlisher Аgzamxodjaev janoblariga xamkorlik uchun Bright Uzbekistan jamoasi nomidan alohida minnatdorchilik bildiramiz.