Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatiladi

Prezidentimizning 2021-yil 21-dekabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-56-sonli qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2021-yilning dekabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming so’m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko’rsatiladi:

2021- yil davomida “Temir daftar” ro'yxatida bo’lgan oilalarga;

18 yoshga to’lmagan farzandlari bor boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;

18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga;

Hujjat Qonun ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2021-yil 22-dekabrdan kuchga kirdi.