KamAZ O‘zbekistonga avtobuslar va elektrobuslar yetkazib beradi

Rossiyaning “KamAZ” kompaniyasi O‘zbekistonga avtobus va elektrobuslar yetkazib bermoqchi. Bu haqda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Tatmedia”.

Kompaniya O‘zbekistonga yuk mashinalarini yetkazib beradi. O‘zbekistonda “KamAZ” avtomarkazlari va yig‘ish liniyalari ochilgan va kompaniya avtobus hamda elektrobuslarini yetkazib berish istagida, — deydi Tatariston rahbari Rustam Minnixanov.

Moskvadagi elektrobuslarning 80 foizi ‘‘KamaAZ’’ tomonidan ishlab chiqariladi.

Minnixanov, shuningdek, Tataristonning yetakchi kompaniyalari O‘zbekistonda namoyish etilayotganini ta’kidladi. Xususan, “Tatneft” O‘zbekistonda o‘zining yoqilg‘i shoxobchalarini ochib ulgurgan.

Sentabr oyida “O‘zbekneftgaz”ning to‘qqizta yoqilg‘i quyish shoxobchasini “Tatneft”ga topshirish rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Rossiya kompaniyasi yoqilg‘i quyish shoxobchalarini rekonstruksiya qilishi, shundan so‘ng ular “Tatneft” brendi ostida ishlay boshlashi kutilmoqda.