Kambagʼallikni qisqartirish – konstitutsiyaviy islohotlarning muhim maqsadidir

“Аsosiy qonunimizda har bir shaxsning qulay mehnat sharoitida ishlash, mehnati uchun munosib haq olish huquqini mustahkamlash, mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdori insonning oʼzi va oilasi hayot kechirishi uchun yetarli miqdorda boʼlishini belgilashni taklif etaman”,- Prezident Shavkat Mirziyoyev.
“Insonning mehnatga va munosib hayot sharoitlariga, ishsizlikdan himoyalanishga boʼlgan huquqlarining ishonchli himoyasini taʼminlash, kambagʼallikni qisqartirish – konstitutsiyaviy islohotlarning muhim maqsadidir.
Mazkur ishlar muntazam, tizimli amalga oshirilishi, ortga qaytmaydigan jarayonga aylanishi uchun mustahkam konstitutsiyaviy kafolat lozim.
Bundan tashqari, Аsosiy qonunimizda har bir shaxsning qulay mehnat sharoitida ishlash, mehnati uchun munosib haq olish huquqini mustahkamlash, mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdori insonning oʼzi va oilasi hayot kechirishi uchun yetarli miqdorda boʼlishini belgilashni taklif etaman.
Bosh qomusimizda homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʼshatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi qatʼiy belgilab qoʼyilishi shart.
Inson huquqlarini himoya qilish boʼyicha amaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyamizda bolalar mehnatiga yoʼl qoʼymaslik ham oʼz aksini topishi zarur”,- Prezident Shavkat Mirziyoyev.






