Kamran Gulamov AKFA universiteti rektori lavozimiga tayinlandi

“Hayotimning yangi sahifasini sizlar bilan bu yerda, AKFA universitetida boshlayapman. Bu barchangiz uchun murakkab, biroq qiziqarli va yorqin sayohat bo‘ladi. Men sizdan AU ta’limining ajoyib fazilatlarini namoyish qilishingizni va porloq kelajakka hissa qo’shadigan namunali rahbarlar bo’lishingizni kutaman. Siz bilan shaxsan tanishishni va sizda to‘planib qolgan bo‘lishi mumkin bo’lgan barcha savollarni batafsil muhokama qilishni orziqib kutyapman”,- deya qayd etgan Kamran Gulamov o’z Instagram sahifasida.
Ma’lumot o’rnida qayd etib o’tamiz, Kamran Gulamov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “AKFA Group” holdingi Bosh direktori lavozimida ishlab kelgan, 2015-yildan boshlab “BENKAM” alyuminiy ekstruziyasi ishlab chiqarish majmuasi qurilishiga rahbarlik qilgan, zavod ishga tushirilgach, korxonaga rahbarlik qilgan.






