Kanada birinchi bo'lib Rossiya neftidan voz kechdi

“Kanada Rossiya neftini sotib olishni to'xtatgan birinchi G'arb davlatiga aylandi”, dedi Bosh vazir Jastin Tryudo. Rossiyadan Kanadaga import qilinadigan neftning ulushi taxminan 1% ni tashkil qiladi. Kanada, avvalroq, Ukrainadagi “harbiy operatsiyalar” tufayli Rossiyaga qarshi G7 davlatlarining sanksiyalariga qo‘shilgan edi.

"Biz Rossiyadan neft importini taqiqlash niyatimiz borligini e'lon qilamiz, bu sanoat Prezident Putin va uning "oligarxlari"ga katta foyda keltirdi", dedi Tryudo Ottavada jurnalistlarga. Uning qo‘shimcha qilishicha, Kanada Ukrainaning “Rossiya harbiylariga qarshi qahramonona mudofaasini” qo‘llab-quvvatlaydi.

Kanadaning o'zi dunyodagi eng yirik neft eksportchilaridan biri hisoblanadi. Bu davlat uchun Rossiyadan import qilinadigan neftning ulushi 1% dan kamni tashkil etadi.

Kanada allaqachon Ukrainaga qurol-yarog' va ba’zi qurollarni yuborgan. Mamlakat, shuningdek, "harbiy operatsiya" tufayli Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarga qo'shildi. Shu jumladan Rossiyaning xalqaro bank to'lovlari uchun SWIFT tizimidan uzilishini va Rossiya Markaziy bankining valyuta zaxiralariga kirishini cheklashni qo'llab-quvvatladi.