Kanoechi qizlarimiz yarim finalga yo‘l olishdi

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida ilk bor ishtirok etayotgan qizlarimiz Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova “Tokio–2020” Olimpiadasining yarim finaliga yo‘l olishdi.
Chorak finalda 500 metr masofada sportchilar 2 daqiqa 4,45 soniya natija bilan ikkinchi o'rinni egallashdi.
7 avgust kuni yarim final doirasida ular Rossiya, Kanada va Ukraina vakillari bilan uchrashadi.






