Katalin Novak – Vengriyaning birinchi ayol Prezidenti

Vengriya parlamenti oila, yoshlar va xalqaro aloqalar vaziri Katalin Novakni mamlakatning yangi Prezidenti etib sayladi va u bu lavozimdagi birinchi ayol bo‘ldi.

Vengriya Milliy assambleyasi payshanba kungi yig‘ilishida Bosh vazir Viktor Orban Fides boshchiligidagi hukmron partiya raisi o‘rinbosari, Oila, yoshlar va xalqaro aloqalar vaziri Katalin Novakni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. Buning uchun 199 deputatdan 137 nafari ovoz berdi.

44 yoshli Novakning saylovdagi raqibi muxolifat koalitsiyasidan 80 yoshli nomzod, iqtisodchi Piter Rona bo'ldi.

Respublika Prezidenti Milliy Assambleya tomonidan besh yil muddatga saylanadi. Yanosh Ader bu lavozimni 2012-yildan buyon ikki marta egallab kelgan.