Katta pul, katta yoʻqotish: kriptomilliarderlar bir yilda boyligining 75 foizini yoʻqotdi

Bitcoin, kripto milliarderlari o‘tgan 2022-yilda 110 milliard dollar yo‘qotdi. Bu ular toʻplagan boylikning 75 foizdan ko'progʻiga toʻgʻri keladi.

AQShda soliq imtiyozlarining olib tashlanishi, elektr energiyasi narxining oshishi va tartibga soluvchilarning cheklovchi harakatlari tufayli kriptovalyuta bozoridagi holat bundan-da yomonlashishi mumkin.

Joriy yil kriptovalyuta milliarderlari uchun yoqimsiz yil bo'ldi. Firibgarlik haqidagi da'volar, hukumat da'volari va tergovlari aktivlarning qadrsizlanishi sanoatni juda ham “holsizlanish”iga olib keldi. Kriptoolamning milliarder promouterlari so'nggi bir yilda jami 110 milliard dollar yo'qotdi.

O'tgan yili Forbes jurnali 19 ta kripto-milliarderni aniqlab, ularning umumiy boyligini 140 milliard dollarga baholagan edi. Oʻsha shaxslarning boyligi 2023-yil mart oyi holatiga ko'ra, 30 milliard dollardan kam va ulardan o‘n nafari allaqachon milliarder emas.

Changpeng Chjao — Binance kripto birjasining asoschisi va bosh direktori. Garchi Forbes uning boyligini bir yil avval 65 milliard dollardan 10,5 milliard dollarga kamroqqa baholagan bo'lsa ham, hanuzgacha sohaning eng boy odami bo'lib qolmoqda.