"Katta sanoat haftaligi" ning birinchi kuni

O'zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirligi bilan hamkorlikda, Toshkentda "Katta sanoat haftaligi"ning INNOPROM ko'rgazmasi boshlandi.

 

Ko'rgazma va ishbilarmonlik dasturida O'zbekiston, Rossiya, Frantsiya, Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Belorusiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Armanistondan 300 dan ortiq sanoat kompaniyalari va biznes delegatsiyalari ishtirok etmoqda.

Ko'rgazmaning asosiy bo'limlari: transport va energetika, sanoat IT, shaharlar uchun texnologiyalar, tibbiyot texnologiyalari va farmatsevtika, metallurgiya va materiallar, plastmassa va kauchuklar. Asosiy ishtirokchilar orasida Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov va Bosh vazir o'rinbosari, O'zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov qatnashmoqda