Kavrakchilikni yanada rivojlantirish va uni sanoat usulida yetishtirish hajmlarini oshirish mavzusida onlayn muloqot bo'lib o'tadi

2021 yilning 31 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Q.Sharipov mamlakatimiz Prezidenti tomonidan joriy yilning 8 iyulida qabul qilingan “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5178-sonli qarori ijrosi bo‘yicha kavrakchilikni yanada rivojlantirish va uni sanoat usulida yetishtirish hajmlarini oshirish mavzusida onlayn muloqot o‘tkazadi.

Zoom platformasi orqali tashkil etiladigan onlayn muloqotga barcha shu sohaga qiziqqan tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, onlayn muloqotda xorijlik, jumladan, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Eron, Rossiya va bir qator qo‘nshni davlatlardan yirik investorlar ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Onlayn muloqotda kavrakchilik sohasi bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan har qanday masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumot olasiz. Ushbu muloqotga sohani shaffof va qonuniy yo‘l bilan rivojlantirish strategiyasi bilan tanishishni maqsad qilgan jurnalist, bloger va barcha turdagi OAV vakillarini taklif qilamiz.

Muloqotga 31 iyul, soat 10:30 dan boshlab quyidagi link orqali ulanishingiz mumkin:

https://us02web.zoom.us/j/83589611502?pwd=b2FFM0FVcTc1dUpiOUpLU0ExSGxrZz09

Konferensiya identifikatori: 835 8961 1502
Kod: 275551