Kelajakdagi Apple Watchning tasma rangini soatdan o'zgartirish mumkin bo'ladi

Apple kompaniyasi tasma rangini o'zgartirish imkonini beruvchi yangi Apple Watch aqlli qo'l soatlari rejasini ishlab chiqdi. Qayd etilishicha, endi qurilma foydalanuvchilari tasmani yangisiga o'zgartirishga ehtiyoj sezmaydilar, chunki uning rangini soatni o'zidan o'zgartirish mumkin bo'ladi.

Ma’lum bo’lishicha, kompaniya elektroxrom xususiyatlari bilan jihozlangan tasma rangini o'zgartiruvchi ushbu ixtirosi uchun patent ham olishga ulgurgan.

Yangi Apple Watch tasmasi elektroxom funksiyasini o'z ichiga olgan iplar bilan to'qilgan matodan tayyorlanishi mumkin. Bir yoki bir nechta bunday iplar ularga yuboriladigan kuchlanishga javoban rangini o'zgartiradigan o'tkazgichga ega bo'ladi.

Xabarga ko'ra, patent to'rtta ixtirochiga tegishli bo'lib, ular yangi HomePod kolonkalari uchun sensorli matolar yaratish ustida ham ishlashgan.