Keles ko‘prigi vaqtinchalik yopiladi

Keles yo‘li ko‘chasi hamda Yuqori Ko‘kterak ko‘chalarini bog‘lovchi ko‘prikda bugun, 2021 yil 29 oktabr kuni tungi soat 00:00dan ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘liq to‘xtatiladi.
Ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan avtomototransport vositalarining harakati vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlog‘i hududidan o‘tgan avtomobil yo‘li orqali tashkil etilishi ma’lum qilingan.
Mazkur qaror fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida qabul qilinganligini inobatga olgan holda fuqarolarni YPX inspektorlari tomonidan ko‘rsatiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga chaqiramiz.






