Kelgusi besh yilda kambagʼallikni kamida 2 baravarga qisqartirishni maqsad qilganmiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim oʼrin tutgan soha - chorvachilik tarmogʼini qoʼllab-quvvatlash, sohada ilgʼor texnologiyalarni keng qoʼllash orqali goʼsht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda.
“Biz “Inson qadri uchun” tamoyili asosida kelgusi besh yilda kambagʼallikni kamida 2 baravarga qisqartirishni oldimizga maqsad qilib qoʼydik.
Pandemiya davom etayotgani, iqlim oʼzgarishi, suv tanqisligi kabi omillar dunyo boʼylab oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʼsishiga sabab boʼlmoqda.
Аholi kundalik isteʼmol xarajatlarining 30 foizini goʼsht, sut va tuxum kabi mahsulotlar tashkil etadi.
Shu bois, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning muhim tarmogʼi – chorvachilik sohasini qoʼllab-quvvatlash, resurs tejovchi texnologiyalarni keng qoʼllash orqali goʼsht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish har kungidan ham dolzarb va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda”, dedi davlatimiz rahbari yigʼilish avvalida.






