Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz

Xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlarda oʼquvchi va talabalarning IT koʼnikmalarini shakllantirish boʼyicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz bu dastur kelgusida ham davom ettirilishini aytdi.

"Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz. Аgar yoshlarni IT kasblarga oʼqitishni toʼgʼri yoʼlga qoʼysak, ularni sifatli infratuzilma, kompьyuter va kafolatli buyurtma bilan taʼminlasak, albatta, bu marraga bemalol erishamiz", dedi davlatimiz rahbari.