Kelgusi yil uchun hamkorlik rejasi imzolandi

O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo’riqlash bosh boshqarmasi hamda Belarus Respublikasi IIV qo’riqlash departamenti o’rtasida kelgusi yil uchun hamkorlik rejasi imzolandi.

O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifi doirasida Milliy gvardiya qo’mondoni o’rinbosari – Qo’riqlash bosh boshqarmasi boshlig'i polkovnik Mamirjon G’aniyev va Belarus Respublikasi IIV Qo’riqlash departamenti boshlig’i militsiya polkovnigi Aleksandr Shepelev o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xizmat faoliyatini yaxshilash va kadrlar tayyorlash bo’yicha o’zaro tajriba almashinish hamda qo’riqlash xizmatini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo’mondonining o’rinbosari – Qo’riqlash bosh boshqarmasi boshlig’i polkovnik Mamirjon G’aniyev va Belarus Respublikasi IIV Qo’riqlash departamenti boshlig’i militsiya polkovnigi Aleksandr Shepelev 2022 – yilga mo’ljallangan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini imzoladilar.