Kerak boʼlsa, hokim uyida ishlasin, oʼqituvchilar emas - Sardor Umurzakov

1-noyabr kuni Prezident Аdministratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov raisligida xalq taʼlimi tizimidagi mavjud muammolarga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Jumladan, Surxondaryo viloyati Shoʼrchi tumanida oddiy maktabni ixtisoslashtirilgan maktabga aylantirish chogʼida masʼullar tomonidan yoʼl qoʼyilgan oʼzboshimchalik va oʼz ishiga sovuqqonlik jiddiy tanqid qilindi.
“Аgar kelasi dushanbagacha maktab masalasi hal boʼlmasa, hokimiyat oʼzining binosini maktabga boʼshatib beradi. Bu hazil emas. Kerak boʼlsa, hokim uyida ishlasin, oʼqituvchilar emas”, — taʼkidladi Umurzakov.
Yigʼilishda, shuningdek, Oʼzbekistondagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablar xatlovdan oʼtkazilib, ushbu maktabda oʼqib kelgan oʼquvchilar taqdiri, sharoitlarni oʼrganish boʼyicha topshiriq berildi. Bosh prokuratura ushbu masalalarni nazoratga olishi belgilandi.






