Ketrin Rassel – UNICEF tashkilotining ijrochi direktori

Joriy yilning, 1-fevral kuni Ketrin Rassel BMTning UNICEF tashkilotiga ijrochi direktor etib saylandi. U 75 yillik tarixida ushbu tashkilotni boshqarayotgan toʼrtinchi ayol.
"Menga UNICEF ijrochi direktorligi ishonib topshirildi. Murakkab bir davrda bolalar bilan ishlash, ularga yordam berish yuksak sharaf deb hisoblayman. Sayyoramizda millionlab bolalar COVID-19 pandemiyasi inqirozidan aziyat chekmoqda" – dedi Ketrin Rassel.
Maʼlumot oʼrnida, Ketrin Rassel “Boston” kollejida falsafa boʼyicha bakalavr diplomini olgan. Jorj Vashington universitetida huquqshunoslik doktori darajasiga erishgan.
Rassel oxirgi ikki yil davomida АQSh Prezidenti yordamchisi va Oq uyning kadrlar boʼlimi rahbari boʼlib ishlagan. 2013-2017-yillari Davlat departamentida ayollar masalasi boʼyicha elchi sifatida faoliyat yuritgan. 45 dan ortiq mamlakatda Qoʼshma Shtatlarning maxsus vakili boʼlgan, qator xorijiy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati tuzilmalari bilan hamkorlik qilgan. Qolaversa, u “АQShda oʼsmir qizlar imkoniyatini kengaytirish boʼyicha global strategiya” muallifi.






