Keyingi haftada 3G tarmog'iga barham berilishi kutilmoqda

Bu faqatgina uyali aloqa vositalarigagina ta’sir qilib qolmaydi.
AT&T 3G tarmogʻiga keyingi haftada (22-fevralda) barham berilishi sababli, bir qator texnik vositalar, jumladan, uy signalizatsiya tizimlari, ba’zi tibbiy asboblar va avtomashina ichidagi halokat xabarnomasi kabilar ishlashda davom etishlari uchun so’nggi yangilashlar talab etadi.
Ko'pgina uyali aloqa operatorlari mijozlarni so’nggi yangilanishlarni yuklab olishdan xabardor etganidek boshqa tashkilotlar ham mijozlarni ba'zi kundalik mahsulot va xizmatlarni, shunindek mashina tizimlarini yangilashga yoki almashtirishga chaqirmoqda.
E’tibordan chetda qoldirilgan taqdirda, bu ko’plab noqulaylik va muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
Misol uchun, millionlab avtomobillar halokatdan keyin qutqaruvchialr bilan bog’lanish yoki GPS tizimlari uchun joylashuv yoki yo'l harakati ogohlantirishlari kabi yangilanishlarni olish imkoniga ega bo’la olmay qolishlari mumkin.
Ayrim avtomobillar, jumladan, Chevrolet, Buick va Cadillac allaqachon 4G tarmog’ida ishlamoqda.






