Kimlar sanatoriyа-kurortlarga bepul yo'llanma olishi mumkin?

Qonunchilikka muvofiq nogironlar va keksalarga bepul sanatoriya-kurort yo'llanmalari taqdim etiladi.
Bunda, quyidagi toifalar nazarda tutiladi:
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo'lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil halokati sababli nogiron bo'lib qolgan shaxslar;
yadro poligonlarida harbiy xizmatni o'tagan shaxslar;
I va II guruh nogironlari, ko'zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
yolg'iz keksalar;
pensionerlar.
Yo'llanma olish uchun quyidagi hujjatlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hududiy bo'linmalariga topshirilishi lozim:
ariza;
pasport nusxasi;
yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);
tibbiy xulosa.
Yo'llanmalar 12 kunga, yo'llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.






