Kiyevda politsiya xizmati Chevrolet Cobalt avtomobilidan foydalanadi

"UzAuto Motors"ning Chevrolet Cobalt avtomobili Ukrainaning Kiyev viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlarining tanloviga aylandi.
Qayd etilishicha, Ukrainadagi Chevrolet ommaviy segmentining rasmiy distribyutori bo'lgan “Ravon Motors Ukraine” milliy politsiya faoliyatida qulayliklar yaratish uchun Cobalt avtomobillarini yetkazib berdi.
Kompaniya Kiyev viloyati politsiya boshqarmasi tomonidan Cobalt sotib olishda avtomobillarning qulay narxi va sifat borasidagi ustunligi asosiy omillar bo'lganini ta'kidladi.
"Ukraina Milliy politsiyasi o'z xizmat faoliyatida ko'pgina turli avtomobil ishlab chiqaruvchilarning transport vositalaridan foydalanadi. Chevrolet Cobalt tanlovi ushbu avtomobilning o'z segmentida yuqori sifati va ishonchliligining yana bir tasdig'idir", deyiladi xabarda.






