Koʻrfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi bilan uchrashuv o’tkazildi

Bugun, 4-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Naif al-Hajraf bilan uchrashdi.

Uchrashuvda soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bilan Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va unga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar sezilarli darajada faollashib, yangi amaliy mazmun bilan boyib borayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, boʻlajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi. Ikki mintaqa oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqotining joriy yildagi birinchi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqildi.