Koʼp yillik hamkorlik davom etadi

Koʼp yillik hamkorlik davom etadi

“Top Business Group” kompaniyasi qariyb 15 yildirki koʼplab yirik kompaniya va firmalar, ishlab chiqaruvchi va xizmat koʼrsatuvchi korxonalar bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Shulardan biri “Orient – Group” kompaniyasidir. 

Ushbu koʼp tarmoqli kompaniya qishloq xoʼjaligi, sanoat ishlab chiqarish, qurilish, chakana savdo va tijoratni rivojlantirish va boshqarish kabi yoʼnalishlarni oʼz ichiga oladi.

TRTs "Riviera", Anhor Park, City Parking tijorat hududi, DEPO Mall, Shahar Outlet sado markazlari, "Makro" savdo tarmogi, "La Cantine" restorani shuningdek, "The Mag" jurnali hamda "The Beat" internet radiosi ayni kunda kompaniya tomonidan muvaffaqiyatli boshqarib kelinmoqda.

“Orient – Group” tarkibiga kiruvchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, koʼrsatilayotgan xizmatlar “Top Business Group” kompaniyasi nashrlari “Top Business” hamda “Isteʼmolchi, Potribitelь” jurnallari orqali keng jamoatchilikka munatazam yetkazib kelinmoqda. Yaqin hamkorlik doirasidagi samaradorlik ikki tomon uchun ham bu boradagi say-harakatlar koʼlamini kengaytirish lozimligini koʼrsatdi.

“Orient – Group” kompaniyasi vakili, “Makro” savdo tarmogʼi rahbari Roman Sayfulin “Top Business Group” kompaniyasining yangi yoʼnalishi “Bright Uzbekistan” loyihasi doirasida ham hamkorlikni davom ettirish boʼyicha qiziqish bildirdi.

Ushbu taklifdan kelib chiqib “Bright Uzbekistan” loyihasi asoschisi Davron Аbdullaev hamda loyiha ijodiy guruhi Roman Sayfulin bilan uchrashdi va kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan muhokamalar boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda “Bright Uzbekistan” loyihasi taqdimoti oʼtkazildi. Uning maqsad va vazifalari atroflicha tushuntirildi.

Oʼz navbatida Roman Sayfulin ham “Bright Uzbekistan” loyihasi xususida oʼz mulohazalarini bayon etdi.

Kelgusida hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ishlar, tomonlarning vazifalari boʼyicha kelishuvlarga erishildi.