“Koç Construction” - “Akfa Group”: arxitektura va qurilish sohasidagi ulkan hamkorlik

Joriy yilning 9-noyabr kuni “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida “Koç Construction” hamda “Akfa Group” kompaniyasi o’rtasida o’zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Ta’kidlanishicha, Memorandum Piramit Towers loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilishga qaratilgan.
Bugungi uchrashuv kompaniyalarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sanaladi. Hamkorlik simbiozi tez orada arxitektura va qurilish sohasida mamlakatimizda o‘xshashi bo‘lmagan ulkan loyihani amalga oshirish imkonini beradi.
Memorandumning imzolanishi kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.






