Koç Construction - «Bright Uzbekistan» jurnali ikkinchi sonining bosh homiysi

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Koç Construction Direktorlar Kengashi raisi janob Yusuf Sarikoch boshchiligida Koç Construction Direktorlar Kengashi raisining o'rinbosari Omer Sarikoch va Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev hamkorlik shartnomasini imzolash marosimini o'tkazdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar Koç Construction va butun O'zbekiston imidjini jahon miqyosida targ'ib qilish borasida ko'p qirrali hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qildilar.
Malumot uchun, Koç Construction mamlakatimizda 2019 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va allaqachon mashhur bo'lgan bir qancha qurilish loyihalarini amalga oshirgan va bugungi kunda bir qator ob'ektlar qurilishi davom etmoqda. EXPO-2022, Zamin sayyohlik majmuasi, 650 o'rinli onkologiya markazi, Shevchenko mix-loyihasi shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, kompaniya bugungi kunda Piramit Tower and Mall Mega-loyihasiga sarmoya kiritishda davom etmoqda. Bu loyiha o'z mijozlari uchun yuqori darajadagi qulaylikni yaratadigan, zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan, yuqori investitsiya salohiyatiga ega loyihadir.






