«Koç Construction» va «Akfa Group» o'rtasidagi hamkorlik Memorandumi

Bugun, “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida “Koç Construction” hamda “Akfa Group” o’rtasida o'zaro hamkorlik Memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Kun avvalida “Koç Construction” va “Imzo” zavodi bo’ylab ekskursiya tashkil etilib, ularning faoliyati o’rganilgan edi.

Ta'kidlash joizki, bugungi uchrashuv kompaniyalarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sanaladi. Hamkorlik simbiozi tez orada arxitektura va qurilish sohasida mamlakatimizda o‘xshashi bo‘lmagan ulkan loyihani amalga oshirish imkonini beradi.

Memorandumning imzolanishi kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.