Ko’hna Samarqand dunyo liderlari uchrashuvlariga guvohlik qilmoqda

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan davlatlar rahbarlari oʼzaro manfaatli hamkorlikning holati va istiqbollarini bir-birlari bilan uchrashib muhokama qilmoqdalar.
Xususan, Qirgʼiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Samarqandda Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Bundan tashqari Vladimir Putin SHHT sammiti doirasida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Eron Prezidenti Said Ibrohim Raisi bilan ham uchrashuv o'tkazdi.
Shuningdek, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon sammit doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Pokiston Posh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv oʼtkazgan.
Emomali Rahmonning Eron Prezidenti Said Ibrohim Raisi bilan boʼlib oʼtgan suhbatida ikki davlat oʼrtasidagi koʼp tomonlama hamkorlikka oid masalalar muhokama qilingan.






