Konya-2021: medallar sarhisobi

Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi oʻyinlari xalqaro musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan O'zbekiston delegatsiyasi sportchilari 40 ta oltin, 28 ta kumush va 44 ta bronza, jami 112 ta medalni qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida 2-oʻrinda bormoqda.

Ayni damda musobaqa davom etmoqda. Bugun ham turnir doirasida delegatsiyamiz vakillari dzyudo, basketbol, qilichbozlik, suzish, kamondan otish, an'anaviy turk kamoni hamda kikboksing sport turlari bo'yicha o'z ishtiroklarini davom ettirmoqda.

P.S. Oʻzbekiston ushbu musobaqada 24 ta sport turi boʻyicha jami 268 nafar sportchi bilan qatnashmoqda.