Ko’pgina yirik banklar mablag’larini yoqilg'iga yo’naltirmoqdalar

Moliyaviy institutlar 2019-yil yanvaridan 2021-yil noyabrigacha koʻmir sanoatiga 1,5 trillion dollardan ortiq kredit va anderrayting mablagʻlarini yoʻnaltirdi. Bu haqida 28 ta nodavlat notijorat tashkilotlari hisobotlarida koʻrsatib o’tgan.
Ko'mirdan foydalanishni qisqartirish iqlim isishini keltirib chiqaradigan issiqxona gazlarini kamaytirishni asr o'rtalariga kelib "nolga" tushirish bo'yicha global sa'y-harakatlarning asosiy qismidir. Bu haqda butun dunyo bo'ylab hukumatlar, firmalar va moliya institutlari chora ko'rishlarini ta’kidlab o’tishgan.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, banklar ko'mir qazib olish, uni sotish, yetkazib berish va utilizatsiya bilan shug'ullanadigan 1032 firmani moliyalashtirishda davom etmoqda.
Oltita davlat - Xitoy, AQSh, Yaponiya, Hindiston, Buyuk Britaniya va Kanada banklari davr mobaynida global ko'mirni moliyalashtirishning 86 foiziga hissa qo’shgan.
Sohaga mablag’ kiritayotgan eng yirik kreditorlarning (Yaponiyaning Mizuho Financial va Mitsubishi UFJ Financial) to'g'ridan-to'g'ri kreditlari 373 milliard dollarni tashkil etdi.
Ko'mir sektori global issiqxona gazlarining deyarli yarmi uchun javobgardir. Noyabr oyida Glazgoda bo'lib o'tgan iqlim bo'yicha muzokaralardan so'ng 40 dan ortiq davlatlar ko'mirdan foydalanishni to'xtatishga va'da berishdi, ammo Xitoy, Hindiston va Qo'shma Shtatlar kabi yirik iste'molchilar rozilik bildirishmagan edi.






