Koreya delegatsiyasining Toshekntdagi «IT PARK»ga tashrifi

Amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo’lib turgan Koreyaning INHA universiteti prezidenti professor Cho Myon Vu boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi Toshkentdagi INHA universiteti rektori Muzaffar Jalalov hamda universitet vakillari bilan hamrohlikda Toshkentdagi “IT Park”ga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a'zolari, "IT PARK" faoliyati bilan yaqindan tanishib, binoning 23-qavatigacha ko’tarildilar va mamlakatimizning butun go’zalligidan bahramand bo’ldilar.

P.S. Bugun kun yarmida, Toshkentdagi INHA universitetida 2021/2022-o‘quv yili bitiruvchilarini diplom bilan taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi. Unda INHA prezidenti boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi, Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri va universitet rahbariyati ishtirok etadilar.