Koreya Eksimbanki O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirmoqda

Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Koreya Eksimbanki prezidenti Bang Mun K'yu bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida o’zaro munosabatlarning faolligi hamda Koreya Respublikasining EDCF Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg’armasi bilan moliyalashtirilayotgan hamda amalga oshirilayotgan loyihalar soninig o’sish dinamikasi ijobiy baholandi. Jumladan, 2014-2017 yillarda Eksimbank bilan hamkorlikda qariyb 180 mln. dollarlik 4 ta loyiha joriy etilgan bo‘lsa, 2018-2020 yillarda 660 mln dollarlik 7ta loyiha amalga oshirildi. Bank bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sog‘liqni saqlash, ta'lim va infratuzilmaviy rivojlanishga qaratilgan.
O‘zbekiston tomoni mamlakatda yangi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun EDCF tomonidan imtiyozli moliyalashtirish hajmini 1 mlrd dollargacha ko‘paytirish yuzasidan qabul qilingan qaror uchun minnatdorlik bildirdi. 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi umumiy qiymati 1,2 mlrd dollarga teng bo‘lgan 13ta loyihadan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan. Suhbat davomida ushbu loyihalarni jadal amlga oshirish masalalari muhikama qilinib, o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatilishi qayd etildi.
Muzokaralar yakunida, qiymati 88,8 mln dollar bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasi hamda 150 mln dollarlik “Onkologik klinikasini qurish” loyihasi bo‘yicha qarz shartnomalari imzolandi.






