Koreya Respublikasi bilan hamkorlik istiqbollari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʼrinbosari Yo Sin Pe bilan muzokaralar boʼlib oʼtdi.
Uchrashuv chogʼida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda Oʼzbekiston va Koreya oʼrtasidagi koʼp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Koreya delegatsiyasi Koreya Respublikasining yangi rahbariyati strategik sherikligimiz rivojlanishiga alohida jadallik bagʼishlaydigan, barcha yoʼnalishlarda uzoq muddatli, oʼzaro manfaatli hamkorlikni yoʼlga qoʼyishga imkon yaratayotgan oliy darajadagi qardoshlik va ishonchli munosabatlarni saqlashga qatʼiy eʼtibor qaratayotganini taʼkidladi.
Tomonlar ikki mamlakat Bosh vazirlari oʼrinbosarlari oʼrtasida muntazam muzokaralar oʼtkazish, vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Oʼzbekiston delegatsiyasining yirik qoʼshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va Pusan shahrida boʼlib oʼtadigan navbatdagi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-Forumi oʼtkazish uchun tashrifini tashkil etishga kelishdilar.






