Koreya Respublikasiga tashrif buyuruvchilar uchun yangi talablar o'rnatildi

Joriy yilning 26-iyulidan boshlab Koreya Respublikasiga tashrif buyuruvchi yo‘lovchilar majburiy ravishda ushbu mamlakatga kirishlari bilan bir kun ichida PZR-test topshirishlari lozim.
Ta’kidlash joizki, avval test topshirish muddati 3 kun etib belgilangan edi.
Koreya Respublikasi fuqarolari, shuningdek, mamlakat hududida uzoq muddat asosida istiqomat qiluvchi xorijiy shaxslar mahalliy ma’muriyatlar huzuridagi tibbiyot muassasalarida bepul test topshirishlari mumkin.
Mamlakatga qisqa muddatga tashrif buyuruvchi yo‘lovchilar aeroportning maxsus markazlarida to‘lov asosida PZR-testini topshirishlari lozim bo’ladi.






