Ko'rgazmalar «Networking» uchun qulay platforma

"UzMedExpo - 2022" XIV Xalqaro tibbiyot ko'rgazmasi doirasida Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev ko’rgazma ishtirokchilari, tadbirkorlar hamda soha mutaxassislari bilan B2B uchrashuvlar o’tkazdi.

Poytaxtdagi "O'zekspomarkaz"da tashkil etilgan tibbiyot ko’rgazmasida 70 ga yaqin xalqaro kompaniyalar ishtirok etayotgani, shuningdek xorijiy va mahalliy tibbiyot uskunalari hamda farmatsevtika mahsulotlari namoyish etilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ta’kidlash joizki, mazkur ko’rgazma ko’plab kompaniya asoschilari va biznes vakillari uchun ajoyib uchrashuv maydoniga aylandi. Ko’rgazma doirasida, loyihamiz asoschisi tibbiyot hamda farmatsevtika sohasida faoliyat olib borayotgan bir qancha tadbirkorlar bilan B2B formatda uchrashuvlar o’tkazib, yangi hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish borasida o’zaro fikr almashdi.

Shuningdek, ko’rgazmada Top Business jurnalining tibbiyot yo’nalishidagi maxsus soni ham ishtirokchi va mehmonlarga taqdim etildi.