Qozog‘istonda koronavirusning yangi turi aniqlandi

Qozog‘iston SSV olimlari iyul-avgust oylarida Covid-19 bilan kasallangan bemorlarni genetik tahlilini o‘tkazdi. Tahlil natijalariga  ko‘ra, bemorlarning aksarida koronavirusning yangi turi aniqlangan, deyilmoqda mamlakat  SSV xabarida. 
Gap Eta – (Nigeriya) shtammi haqida ketmoqda. Olimlar 96 nafar ko‘ngillilarni klinik tekshiruvdan o‘tkazganda, 57 nafarida – Delta (Hindiston shtammi), 24 nafarida – Alfa (Britaniya), 10 ta – Uxan hamda 5 nafar bemorda ilgari mamlakatda uchramagan Eta (Nigeriya) shtammini aniqlashdi.
Ushbu shtamm Qaragʻanda, Mangistau, Pavlodar va Nur-Sultan aholisida aniqlangan. 
 
Ma’lumot uchun, Eta shtammi 2020-yilning dekabr oyida Nigeriyada paydo bo‘lgan. JSST ma’lumotiga ko‘ra koronavirusning ushbu turi hozirda 77 ta davlatda aniqlangan.
 
Ayni paytda O‘zbekistonda 169 mingdan ortiq bemorda COVID-19 kasalligi aniqlangan. 163 298 ta kasallanganlar esa butunlay davolandi.