Korrupsiyaga imkon beruvchi barcha boʼshliqlarga barham beriladi

Prezidentimiz eng dolzarb muammo boʼlgan korrupsiya masalasiga alohida toʼxtalib oʼtdi.

"Oʼtgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar boʼyicha javobgarlikka tortildi. Lekin, ochiq aytish kerak, bu – masalaning sababi bilan emas, oqibati bilan kurashish", - dedi u.

Davlatimiz rahbari deputat va senatorlar, mahalliy Kengashlar ham bong urib, aniq sohalarni tahlil qilib, korrupsiyani bartaraf etish boʼyicha faol boʼlishga chaqirdi, buning uchun ularda yetarli vakolat ham, shijoat ham borligini taʼkidladi.

Sunʼiy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korrupsiyaga imkon beruvchi barcha boʼshliqlarga barham berilishi taʼkidlandi.