Kosmik parvozlar bo'yicha rekordchi Valeriy Polyakov vafot etdi

Roskosmos xabariga ko’ra, Kosmosga eng uzoq parvoz bo‘yicha rekord o‘rnatgan kosmonavt Valeriy Polyakov 81 yoshida vafot etdi.
“Roskosmos” Davlat korporatsiyasi Sovet Ittifoqi Qahramoni, Rossiya Qahramoni, SSSR uchuvchi-kosmonavti, koinotga eng uzoq parvoz (437 kun) boʻyicha jahon rekordi egasi Valeriy Polyakovning vafot etganini afsus bilan eʼlon qiladi”, — deyiladi xabarda.
P.S. Polyakov ikkita kosmik ekspeditsiyani amalga oshirdi. Hammasi bo'lib u orbitada 678 kunu 16 soat bo'lgan. Roskosmos kosmonavtning tadqiqotlari inson tanasi nafaqat Yer yaqinidagi orbitaga, balki chuqur fazoga ham parvozlarga tayyor ekanligini isbotlashga yordam berganini eslatdi.






