«Koza Nostra» mag'lubiyati: Italiyada eng ko'p qidirilayotgan mafiya boshlig'i hibsga olindi

Italiyada qariyb 30 yil davomida qochib yurgan Sitsiliyanlik mafiya «Koza Nostra» xo'jayini qo'lga olindi. U bir necha o'n yillar davomida adolatdan qochishga muvaffaq bo'lgan uchta mafiya boshlig'ining oxirgisi edi.
Italiyada Sitsiliya mafiyasi «Koza Nostra» rahbari deb taxmin qilinayotgan Matteo Messina Denaro qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Reuters politsiyadagi manbaalariga tayanib.
Mafiya rahbari Sitsiliya poytaxti Palermo shahridagi xususiy shifoxonada qo‘lga olindi. Denaro u yerga davolanish uchun kelgan. Denaro hibsga olishga qarshilik qilmadi, dedi politsiya boshlig'i Paskuale Anjelosanto.
Denaro 1993 yildan beri qochib yurgan. U bir necha o'n yillar davomida adolatdan qochishga muvaffaq bo'lgan uchta mafiya boshlig'ining oxirgisi edi.
Italiyada u 1992 yilda mafiyaga qarshi tergovchilar Jovanni Falkon va Paolo Borsellinoning qotilligiga aloqadorlikda ayblanib, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda Reuters. Denaro, shuningdek, 1993-yilda 10 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Florensiya, Milan va Rimdagi portlashlardagi roli uchun ham xuddi shunday jazoga tortiladi.
Denaroning hibsga olinishi “davlatning katta g‘alabasi” bo‘lib, bu hokimiyat mafiyaga taslim bo‘lmasligini ko‘rsatadi, deb yozdi Italiya bosh vaziri Jorj Meloni Twitter’da.
Ma'lumot uchun: Cosa Nostra - 19-asrda Sitsiliyada paydo bo'lgan eng mashhur mafiya guruhlaridan biri. 2022-yil sentabr oyida Sitsiliyada 35 kishi hibsga olingan, ular tergovchilarga ko‘ra, Denaro himoyasida ishtirok etgan.






