Ko'zi ojiz bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar o'rnatiladi

“Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar Ichki ishlar vazirligiga biriktirilib, “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari deb nomlandi.

2022-yil yakunigacha “Nurli maskan” maktablari hududida “Yo'l harakati qoidalarini o'rgatish maxsus maydoncha”lari tashkil etilib, ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar va innovatsion yo'l belgilarini o'rnatish choralari ko'riladi.