Kozimjon Kamilov O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etildi

Kozimjon Kamilov bu lavozimda 2017-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatlari joriy yil 24-avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasining oʼrniga nomzodlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga taqdimnomalar kiritdi.
Ushbu nomzodlar:
Balkibayeva Janagul Ismaylovna;
Gafurov Аskarjon Boyisovich;
Davletova Karomatjon Xudaybergenovna;
Ismaylov Raxat Аminbayevich;
Raximov Аbdumannob Kuziyevich;
Rahmanov Аkmal Ergashevich.
Ular Senat tomonidan saylangan taqdirda, oʼz vakolatlariga 24-avgust kunidan boshlab kirishadilar.
Bundan tashqari, Prezident oʼz taqdimnomasi bilan Konstitutsiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimini egallab kelgan Kamilov Kozimjon Fazilovichning nomzodini taklif etdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari oʼz taqdimnomasi bilan Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʼyicha maslahatchisi Islamov Baxtiyor Jahangirovichning nomzodini Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga koʼrib chiqish uchun Senatga kiritdi.






