Koʼzboʼyamachilik davom etayotgani toʼgʼrisida menda maʼlumotlar yetarli – Prezident

Kun tartibidagi ikkinchi masala – “Yashil makon” dasturi. Loyiha doirasida bahor mavsumida 125 million tup koʼchat ekish reja qilingan.
“Mavsum tugashiga ham ozgina vaqt qoldi. Lekin, bu borada qilingan ishlar ahvoli meni xavotirga solmoqda. Аyrim hududlarda hali ham ishlar nomigagina tashkil etilib, koʼzboʼyamachilik davom etayotgani toʼgʼrisida menda maʼlumotlar yetarli”, dedi Prezident.
Misol uchun, joylarda haqiqatda ekilmagan jami 5 million tup koʼchatlarni hisobotda qoʼshib yozish holatlari bor.
Shu bois mutasaddilarga aprel oyida barcha qoloqliklar va kamchiliklarni toʼliq bartaraf etish topshirildi.






