Kriptovalyuta birjalarining veb-saytlari bloklandi

O‘zbekistonda yirik xorijiy kriptovalyuta birjalarining veb-saytlari bloklandi. Ma’lum qilinishicha, hozirda Binance, FTX, Kraken, KuCoin, Gate va boshqa platformalar mavjud emas.

Kriptoaktivlar muomalasi sohasini tartibga soluvchi Ilg‘or loyihalar milliy agentligi mashhur kriptobirjalar saytlariga kirish ularning faoliyat yuritish huquqi uchun litsenziyalari yo‘qligi sababli bloklanganligini ma’lum qildi.