Kriptovalyutaga chek qo'yish, mamlakatdan IT mutaxassislar chiqib ketishiga olib keladi

Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durov, kriptovalyutani taqiqlash bo'yicha Rossiya Markaziy bankining taklifi haqida o'z fikrini bildirdi.
Hech bir rivojlangan mamlakat kriptovalyutalarni taqiqlamaydi. Buning sababi: bunday taqiq muqarrar ravishda blok-zanjir texnologiyalarni rivojlantirishni sekinlashtiradi. Ushbu texnologiyalar ko'plab insonlar faoliyatining samaradorligi va xavfsizligini – moliyadan san'atga qadar oshiradi. - deydi Durov.
Durovning fikriga ko'ra, Rossiya Markaziy bankining qarori it mutaxassislarining mamlakatidan chiqib ketishiga olib keladi va yuqori texnologiyali iqtisodiyotning bir qator tarmoqlarini yo'q qiladi.
Bundan tashqari, u Rossiyaning qo'shnilari, Ukrainadan O'zbekistongacha, rivojlangan mamlakatlardan keyin blok-zanjirlar sohasida ilg'or qonunlar qabul qilayotganini ta'kidladi. Ushbu davlatlar texnologik va iqtisodiy taraqqiyotning ortida qolishni istamaydi.
"Rossiya bugungi kunda blok-zanjir sanoatida yuqori darajadagi mutaxassislar soni bo'yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Ehtiyotkorlik bilan tartibga solish mamlakatga xalqaro moliya tizimidagi kuchlarning taqsimlanishini muvozanatlashtiradi va yangi iqtisodiyotning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lishga imkon beradi.
Har qanday moliyaviy organ tomonidan kriptio-valyutani tartibga solish istagi tabiiy holat. Ammo, kripto-valyutalarga umumiy taqiq qo'yishni taklif qilib, Rossiya markaziy banki suv bilan birga bolani ham chiqarvoradi degan gapday. Bunday taqiq vijdonsiz faoliyat yurituvchilarni to'xtata olmaydi, ammo bu sohadagi qonuniy loyihalariga chek qo'yadi."- Pavel Durov.






