Krishtianu Ronaldu zilziladan jabrlanganlarga insonparvarlik yordamini yubordi

"Manchester Yunayted" ning sobiq yulduzi Krishtianu Ronaldu Suriya va Turkiyadagi zilzila oqibatida jabrlanganlarga zarur narsalar bilan samolyot yubordi.

Portugaliya afsonasi insonparvarlik harakatlariga yordam berish uchun chodirlar, oziq-ovqat to'plamlari, yostiq va ko'rpa-to'shaklar, bolalar ovqatlari, sut va dori-darmonlarni yubordi.

Yordam Turkiyaga ham, Suriyaga ham jo'natildi.