«Malaysia Airlines» Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda

Malayziyaning "Malaysia Airlines" aviakompaniyasi Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklamoqda. Qayd etilishicha, birinchi charter reys 2023-yil 1-martga belgilangan.

Reyslar har o‘n kunda bir marta Airbus A330 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Taa’kidlanishicha, Malayziya aviatashuvchisi ilk parvozini O'zbekistonning “Osmon Aero” sayyohlik operatori bilan kelishuv doirasida 2022-yil 9-iyul kuni amalga oshirgan.

P.S. Malaysia Airlines — shtab-kvartirasi Selangor shtatida joylashgan Malayziyaning milliy davlat aviakompaniyasi sanaladi.