Kubada professional boksga qoʼyilgan taqiq olib tashlandi

Kuba boks federatsiyasi mamlakatda professional boksga qoʼyilgan 60 yillik taqiqni olib tashladi.

ESPN maʼlumotiga koʼra, federatsiya Golden Ring kompaniyasi bilan kelishuvga erishganidan soʼng taqiqlarni bekor qilgan. Promotion 20-may kuni Meksikada professional boks oqshomi tashkil etadi. Shou butun Lotin Аmerikasi boʼylab namoyish etiladi. Boks kechasida Xulio Sezar la Kruz, Аrlen Lopes, Roniel Iglesias va Endi Kruz kabi boks yulduzlari ishtirok etadi.

P.S. Kubada professional boksga taqiq 1962-yilda paydo boʼlgan. Oʼshanda mamlakat yetakchisi Fidel Kastro professional boksni korrupsiyalashgan deb hisoblagan. Аmmo, bu orada mamlakatda havaskor boks yaxshigina rivojlangan.