Kuchli shamol va haroratning pasayishi kutilmoqda

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 18-20-avgust kunlari O‘zbekiston hududiga Ural mintaqalaridan salqin havo oqimi kirib keladi.
18-avgustda Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 19-20-avgustda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida shamolning tezligi 24-27 m/s gacha yetishi mumkin.
Shuningdek, 19-20-avgust kunlari havo harorati kunlik +27/32 darajagacha pasayishi haqida ma’lumotlar mavjud.






