Kuchli tuman O‘zbekistondagi ikkita aeroport faoliyatini cheklab qo‘ydi

Bugun ertalab noqulay ob-havo sharoiti tufayli samolyotlar Namangan va Andijon aeroportlariga-dan uchish va qo‘nishni amalga oshira olmadilar.

Kuchli tuman sababli — koʻrish masofasi 50 metrga yaqin — “Ural” aviakompaniyasining Qozon shahridan parvoz qilayotgan SVR2161 samolyoti soat 08:48 da Namanganga qoʻna olmadi va Toshkentdagi zaxira aerodromiga joʻnab ketdi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9620 qatnovi ham ob-havo sharoiti yomonligi bois Namanganga qo‘na olmadi va Farg‘onadagi zaxira aerodromiga yuborildi.

Andijon aeroportida ham xuddi shunday holat kuzatildi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskvadan HY-622/621 qatnovini amalga oshirgan havo kemasi ham soat 10:45 da belgilangan aeroportga qo‘na olmasdan Farg‘onadagi zaxira aerodromiga uchib ketdi.

Meteorologiya xizmati prognozlariga ko‘ra, ushbu aeroportlar ob-havo sharoiti tufayli taxminan soat 14:00gacha yopiq bo‘ladi. Rejalashtirilgan barcha qatnovlar eng yaqin muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.