KXDR ilk harbiy josuslik sun'iy yo'ldoshini uchiradi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatning birinchi harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi. Bu haqda KCNA davlat matbuoti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kim Chen In qizi Kim Ju E bilan 18-aprel kuni Aerokosmik rivojlanish milliy boshqarmasiga tashrif buyurib, mamlakatining birinchi ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshini yaratish ishlari tugallanganini va rasmiylarga uni rejadagidek uchirishni buyurgan.

“KXDR yetakchisi rasmiylardan sun'iy yoʻldoshni uchirishga tayyorgarlikni tezlashtirishni so'radi. Harbiy razvedka sunʼiy yo'ldoshini uchirishning rejalashtirilgan sanasi aniqlanmagan”, deyiladi xabarda.